21:00 / 03.03.2022
1 218

Ulug‘bek Baqoyev: "1-tur bo‘lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi"

Ulug‘bek Baqoyev: "1-tur bo‘lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi"
Foto: championat.asia
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "So‘g‘diyona" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Birinchi o‘rinda mavsum starti bilan tabriklayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, 1-tur bo‘lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi. Nimadir o‘xshadi yoki aksincha. Biroq ikki jamoa ham ochko oldi", – deya gap boshladi Baqoyev.

- "So‘g‘diyona" oxirgi 10 daqiqalikdagina o‘ziga o‘xshadi. O‘yin tomondan ustunlik to‘liq raqib tomonida bo‘ldi. Bu keyingi uchrashuvlarda pand berib qolmaydimi?
- Birinchi 5 ta turda bunday holat bo‘lib turadi. Buni hayajon bilan bog‘lagan bo‘lardim.

- "So‘g‘diyona"ning hamma o‘yiniga VAR qo‘yilishini istaysizmi yoki aksincha?
- Imkoniyat bo‘lsa, VAR'ga qarshi emasmiz. Umuman olganda, bunga javob beradigan insonlar bor. Bizga farqi yo‘q.

Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Oxirgi daqiqalarda gol urib ketishimiz mumkin edi. Ruhiy tomondan ishlashimiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "1-tur bo‘lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi"