Foto: Reuters
Niderlandiyalik taniqli sobiq futbolchi Klarens Zeyedorf islomni qabul qilganini e’lon qildi. Turli klublar safida to‘rt karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan 45 yoshli sobiq futbolchi bu haqda Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
«Musulmonlar safiga qo‘shilganim munosabati bilan menga yo‘llangan barcha yoqimli xabarnomalar uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bundan juda ham baxtiyorman. Menga islomning asl mohiyatini anglashimga sababchi bo‘lgan suyukli Sofiyamga rahmat. Ism-sharifimni o‘zgartirmadim va ota-onam menga bergan nomda qolaman – Klarens Zeyedorf! Bor muhabbatimni sizlarga yo‘llab qolaman», - deya yozgan niderlandiyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Klarens Zeyedorf faoliyati davomida «Ayaks», «Real», «Inter» va «Milan» singari mashhur klublar sharafini himoya qilgan. U 4 karra YECHL sohibi bo‘lishdan tashqari, «Real» safida Ispaniya chempioni va «Milan» bilan ikki marta skudettoni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”