Neymar Xavidan nimani iltimos qildi?

Neymar Xavidan nimani iltimos qildi?
PSJ hujumchisi NeymarBarselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesdan kataloniyaliklar hujumchisi Memfis Depay bo‘yicha iltimosi borligini ma’lum qildi.

- Xavi, Memfis Depayni ko‘proq o‘ynat, u ko‘p gol uryapti, - deb murojaat qildi 30 yoshli boraziliyalik futbolchi o‘zi bilan birga o‘ynagan Xaviga.

Depay “Lion” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin o‘tgan yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. O‘sha paytdagi bosh murabbiy Ronald Kuman o‘z hambyurtini jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirmoqchi edi.

Biroq, Kuman o‘rniga Xavi bosh murabbiy etib tayinlangach, niderlandiyalik mutaxassis chorlovi bilan Kataloniyaga kelgan o‘yinchilarning ishlari yurishmay qoldi.

Memfis Depay joriy mavsumda “Barselona” safida 24 marotaba maydonga tushib, to‘qqizta gshol urdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, jamoadagi holatidan norozi bo‘layotgan 28 yoshli hujumchi “Lion”ga qaytishga harakat qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar