date
views 1 461

Iguain faoliyatini yakunlashi haqida: "Qaytib futbolga yaqinlashmayman, bu iflos qatlam"

Игуаин фаолиятини якунлаши ҳақида: "Қайтиб футболга яқинлашмайман, бу ифлос қатлам"
Hujumchi Gonsalo Iguain futbolchining hayoti haqida gapirdi.
"Odamlar futbolchi qanday boʻlishi kerakligini bilishmaydi. Ular shunchaki futbol oʻynasa boʻldi deb oʻylashadi. Biroq bizda ham qolganlar kabi hayot bor, ular kabi biz ham qaygʻuramiz.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganimdan keyin futboldan uzoqlashaman. Hozircha futbolchilikdan zavq olaman, ammo keyin bu sohaga yaqin ham yoʻlamayman. Bu juda iflos qatlam. Bu erdagilar ogʻriqni, xafagarchilikni oʻylashmaydi. Ammo hamma bu olamda yashashni istaydi.

Futbolchi - bir marta ishlatiladigan shisha idish kabi. Uni ichishadi va otib yuborishadi. Shisha unga boshqa kerak emas, hatto oʻylamaydi ham. Keyin borib boshqasini oladi.

Futbolchilikka endi kirib kelganlar: "Vau, ajoyib!" deydi. Keyinchalik futbolni tushunib olganidan keyin asabiylashadi va boshqa sohalarni oʻylashni boshlaydi. Asosiysi - mening rafiqam va qizim bor.

Shaxsiy faoliyatimdan, futboldan olganlarimdan mamnunman. Xatto ba'zi paytlarda katta tovon toʻlashga ham majbur boʻlganman. Ammo bolaligimda bunchalik darajada boʻlishini tasavvur ham qilolmaganman
", - dedi futbolchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iguain faoliyatini yakunlashi haqida: "Qaytib futbolga yaqinlashmayman, bu iflos qatlam"
-->