
La Liga 27-turidan o‘rin olgan "Elche" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, mezbonlar futbolchisi Torre 44-daqiqada hisobni ochdi. 60-daqiqada Ferran muvozanatni tikladi. O‘yin tugashiga yaqin Depay penalti ishladi va o‘zi 11 metrli nuqtadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari ochkolari sonini 48 taga yetkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 29 ochkosi bor "Elche" 14-pog‘onani band etgan.
Elche – Barselona 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 44 Fidel, 1:1 – 60 Ferran Torres, 1:2 – 84, penalti Depay.
Elche – Badiya, Barragan, Roko, Diyego Gonsales, Moxika, Fidel (Xosan, 78), Maskarel (Kike Peres, 85), Guti (Markone, 79), Morente (Ponse, 65), Milya, Boye (Karrilo, 65).
Barselona – ter Stegen, Dani Alves (Dest, 85), Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Niko Gonsales, 68), Pedri, Gavi (Ferran Torres, 46), Obameyang (Depay, 75), Dembele (Traore, 75).
Ogohlantirishlar: Arauxo (49), Barragan (56), Dembele (58), Ponse (67), Dani Alves (71), Niko Gonsales (72), Pike (82), Depay (90).
Chetlatish: Pastore (88). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar