“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda PSJga o‘tib, hujumda Lionel Messi bilan birga to‘p tepishi mumkin. Bu haqda Football Transfers nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasiga chiqa olmagan taqdirda portugaliyalik yulduz jamoani aniq tark etadi. Ralf Rangnik shogirdlari Manchester derbisida Xosep Gvardiola futbolchilaridan qaqshatqich zarbaga uchraganidan keyin jamoaning kelajagiga ishonch susayib ketdi.
Ronalduning o‘zi jarohati bezovta qilgani uchun o‘yinga kelmadi va Portugaliyaga yo‘l oldi. Unga yaqin manbalar futbolchilari kelajagi haqida bir qarorga kelish uchun ham Angliyadan uzoqroqqa jo‘nab ketganini aytmoqda.
PSJ rahbariyati yozda Kilian Mbappe o‘rniga boshqa yulduzni olmoqchi. Parijliklar hujum chizig‘ida Ronaldu va Messi tandemini o‘ynatmoqchi bo‘lyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”