08:30 / 10.03.2022
1 584

PSJ Madridda zor yig‘lagan kecha yoxud "Real Madrid" chorak finalga yo‘l oldi

PSJ Madridda zor yig‘lagan kecha yoxud "Real Madrid" chorak finalga yo‘l oldi
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Real" - PSJ uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Parijliklar safida Mbappe o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Benzema xet-trik muallifiga aylandi. Shu tariqa, "qirollik klubi" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, YECHL chorak finaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, ilk bellashuvda Parij klubi 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

"Real Madrid" - PSJ 3:1 (birinchi o‘yin - 0:1)
Gollar:
Kilian Mbappe 39', Karim Benzema 61', Karim Benzema 76', Karim Benzema 77'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal (17. Lukas Vaskes 66'), 3. Eder Militao, 4. David Alaba, 6. Nacho Fernandes, 10. Luka Modrich, 8. Toni Kroos (25. Eduardo Kamavinga 57'), 15. Federiko Valverde, 11. Marko Asensio (21. Rodrigo 57'), 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 5. Xesus Valexo, 7. Eden Azar, 12. Marselo, 16 Luka Yovich, 18. Garet Beyl, 19. Dani Sebalos, 22. Icko, 24. Mariano Dias.

"PSJ": 50. Djanluidji Donnarumma, 2. Ashraf Xakimi (23. Yulian Draksler 88'), 5. Markinos, 3. Presnel Kimpembe, 25. Nunu Mendesh, 15. Danilu Pereyra (11. Anxel Di Mariya 81'), 6. Marko Verratti, 8. Leandro Paredes (27. Idrissa Geye 71'), 30. Lionel Messi, 7. Kilian Mbappe, 10. Neymar.
Zaxira: 1. Keylor Navas, 9. Mauro Ikardi, 17. Kolen Dagba, 18. Djordjino Veynaldum, 22. Abdu Diallo, 24. Tilo Kerer, 28. Erik Ebimbe, 34. Xavi Simons, 38. Eduar Michu.

Ogohlantirishlar: Leandro Paredes 7', Nacho Fernandes 43', Vinisius Junior 44', Daniel Karvaxal 60', Djanluidji Donnarumma 62', Ashraf Xakimi 81', Lukas Vaskes 88'

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Madridda zor yig‘lagan kecha yoxud "Real Madrid" chorak finalga yo‘l oldi