
“Real” ustozi Karlo Anchelotti YECHL 1/8 final javob bahsi doirasida PSJ ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Juda og‘ir o‘yinda g‘alabaga erishdik, ayniqsa Mbappening golidan keyin juda qiyin edi.
Mashg‘ulotlardagi kabi yuqori pressing qilishga intildik va ilk gol shu orqali yuzaga keldi. Ishqibozlar bizni oldinga o‘tishga undadi va ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Baxtiyormiz.
Bahsni yorqin boshladik, ammo keyin PSJ bosim qilib, bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Asabiylashishimga to‘g‘ri keldi, ammo bu normal holat. Biroz tavakkal ham qildik, Mbappega birga-bir chiqishga imkon qoldirdik va bu holatimizni qiyinlashtirdi”, deydi Anchelotti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar