
Ushbu mukofotni ta’sis etgan France Football bunga o‘zgarishlar kiritishga qaror qilganligi aytilmoqda. Endi sovrin Yevropada mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi bo‘lgan o‘yinchiga taqdim etiladi.
Shuningdek, g‘olibni tanlash mezbonlari ham o‘zgaradi. Avvallari jamoaviy yutuqlarga urg‘u berilgan bo‘lsa, endi individual natijalar ko‘proq hisobga olinadi. Klublar va terma jamoalardagi titullar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Keyingi o‘rinda esa futbolchining darajasi va Fair Play tamoyillariga sodiqligi turadi.
Ovoz berish qoidalarida ham o‘zgarish yuz beradi. Endi so‘rovnomada FIFAning erkaklar reytingida top-100 hamda ayollar reytingida top-50;da bo‘lgan mamlakat vakillari qatnashadi. Masalan, San-Marino va Komor orollari kabi davlatlarnining vakillari dunyoning eng yaxshi o‘yinchisini tanlashda ishtirok eta olishmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Oltin to‘p-2022" marosimi joriy yilning oktabrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar