"Real", "Barsa" va MYu dogʻda qoldi. Xoland boʻlajak jamoasi bilan kelishuvga erishdi

"Real", "Barsa" va MYu dogʻda qoldi. Xoland boʻlajak jamoasi bilan kelishuvga erishdi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling XolandManchester Siti”ga oʻtishga yaqin turibdi. Daily Mail xabariga koʻra, "shaharliklar" yulduz futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.

APL klubi norvegiyalik futbolchining transferi uchun taxminan 120 million evro sarflashi kutilmoqda. Bu mablagʻga shartnoma summasi, bonuslar va agent Mino Rayolaga beriladigan komissiya kiradi.

Ma'lumot uchun, 21 yoshli Xoland joriy mavsum “Borussiya” klubi safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning uchun “Real” va “Barsa”, shuningdek “Manchester Yunayted” ham jiddiy kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar