1 316
Eshmurodov: "Nasaf"ning "Baniyas"ga qarshi o‘yin uchun rejasi, Berdiyev qanday ruhlantirayotgani va tayyorgarlik haqida
“Nasaf” klubi chempionatdagi ikkita durangdan keyin endi bor e’tiborini Osiyo Chempionlar ligasi pley-off doirasidagi BAAning “Baniyas” klubiga qarshi uchrashuvga qaratgan.
Bu yil Ro‘ziqul Berdiyev jamoasida OCHL guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyati mavjud. Faqat “Baniyas”ning to‘sig‘idan o‘tishi kerak. Bu esa jiddiy raqib. Ammo “Nasaf”da ham xalqaro maydonlarda ishtirok etish bo‘yicha tajriba bor. Bunday paytda tarkibdagi mahoratli o‘yinchilarni zimmasiga ham katta mas’uliyat tushadi.
Ayniqsa, jamoa sardori Umar Eshmurodov himoya chizig‘ini mustahkamlashda asosiy o‘yinchi. Qolaversa, u maydonda sheriklarini ham ruhlantirib turishi darkor. Jamoa a’zolari BAAga ketishi oldidan Sports.uz muxbiri Eshmurodovning fikrlari bilan qiziqdi.
- “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar ligasi pley-offida BAAning “Baniyas” klubiga qarshi o‘yinini muxlislar intiqlik bilan kutishyapti. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik qanday bo‘ldi? Raqibni qanchalik o‘rgandinglar?
- Muhim o‘yinga tayyorgarligimiz qoniqarli bo‘ldi. Raqibni o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Oldimizda yana ikki kun bor va o‘rganishda davom etaveramiz. U yerga borib joylashganimizdan keyin iqlimni ham bilamiz va shunga qarab tayyorlanaveramiz.
- “Baniyas” safida yaxshi saviyadagi legionerlar borligini bilamiz. Siz uchun raqibning qaysi futbolchisi xavfliroq ko‘rinyapti?
- To‘g‘ri aytasiz, ularning legionerlari bor ekan, ko‘rib chiqdik. Hujumchi va hujum ortidagi futbolchilar bor, ikki nafar argentinalik va shvetsiyalik. Ularda ko‘proq legionerlar o‘yinni belgilab, natijalarini hal qilib beradi. O‘zi arab jamoalarida shunday, ko‘pincha legionerlari ko‘p narsani hal qilib berishadi. Shu bois tarkiblarida 5-6 nafardan xorijlik o‘yinchilar to‘p suradi. Biz ham “Baniyas”ning legionerlarini eshitdik. Ammo biz ham tayyorlanyapmiz. Ularning legionerlarni zo‘r ekan deb jimgina qarab o‘tirmaymiz.
- G‘olib nomi bitta o‘yindan iborat. Ushbu uchrashuvning Qarshida emas, safarda o‘tishi “Nasaf”ga ustunlik beradimi yoki aksinchami?
- Bilasizmi, uyda bo‘lsa ham, safarda bo‘lsa ham baribir o‘yinning bitta bahsdan iboratligi uchun qiyin bo‘ladi. BAAdagi issiqlikni aytmaganda, menimcha, unchalik farqi bo‘lmasa kerak. Agar bu Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi bo‘lganida boshqa gap edi. Chunki unda uy va safar tizimida o‘ynaysiz va bu yaxshi. Lekin pley-offda hammasi boshqacha. Albatta, bu uchrashuvni Qarshida o‘tkazilishi juda yaxshi bo‘lardi. Har xolda o‘zimizning ob-havoimiz boshqacha va muxlislarimiz ko‘z o‘ngida, ularning qo‘llab-quvvatlashi ostida to‘p surishning gashti o‘zgacha. Ammo pley-offda bilib bo‘lmaydi, qanday maydonda bo‘lmasin, qaysi jamoa yaxshiroq tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha klub yutib ketadi.
- “Nasaf” penaltilar seriyasiga ham tayyorlanyaptimi yoki barchasini 90 daqiqa ichida hal qilib ketmoqchimi?
- Biz hamma-hammasiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Qo‘limizdan kelganini qilamiz, bor kuchimizni berib, g‘alaba uchun kurashamiz.
- Lekin “Nasaf” Superligani g‘alabasiz boshlab, ketma-ket ikkita durang o‘ynab qo‘ydi...
- Jamoalarni qishki yig‘inda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgani ko‘rinib turibdi. Bu mavsum boshlanishi. Ammo biz ko‘pincha chempionatni shunaqa boshlaymiz. Hali futbolchilar jismoniy tomonlama joyiga tushib ketadi. O‘tgan yili ham shunaqa boshlagandik.
- Bu duranglar OCHL pley-off uchrashuvi oldidan jamoaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydimi?
- Bu – futbol. Qo‘limizdan kelganicha o‘ynaymiz. Agar o‘xshamay qolsa, 2-3 kunlab shuni o‘ylab siqilib yurmaymiz, darhol keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rib ketaveramiz. Albatta, o‘sha o‘yinga g‘alaba uchun bor imkoniyatimizni sarflaymiz. Natija bo‘lmasa, shuni ta’sirida yuravermaymiz.
- Osiyo maydonlarida “Nasaf”ning asosiy maqsadi qanday? Osiyo Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirishmi yoki OFK Kubogini yutishmi?
- Yo‘q, bizni maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish. Boshqasini keyin o‘ylaymiz. Baribir OCHLni darajasi boshqacha, u yerda o‘ynash kerak. Biz guruh bosqichida qatnashish haqida o‘ylayapmiz va shunga harakat qilyapmiz. Lekin bu qanchalik o‘xshashini Xudo biladi.
- Bu borada Ro‘ziqul Berdiyev futbolchilarni qanday ruhlantiryapti?
- Murabbiyimiz ham juda jiddiy qarayapti va shunga yarasha tayyorlayapti. Raqib o‘yinlarini ko‘rsatib, bizga hammasini tushuntiryapti. O‘yinchilarga Osiyo Chempionlar ligasida to‘p surish qanday bo‘lishini tushuntiryapti. Bunday musobaqada o‘ynash kerakligini aytib bizni ruhlantiryapti.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”