22:30 / 14.03.2022
1 351

Erondagi prezident kubogida ikki hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Erondagi prezident kubogida ikki hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Eron poytaxti Tehron shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi boshlandi.

E’tiborlisi, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan ikki hamyurtimiz – Ziyoda Isoqova hamda Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-47 kg vaz toifasida bahslarda qatnashgan Ziyoda Isoqova yarim finalda ham, finalda ham mezbon Eron terma jamoasi a’zosini mag‘lubiyatga uchratdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova esa +65 kg vazn toifasida dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Iste’dodli sportchimiz yarim finalda eronlik, finalda esa serbiyalik para taekvondochiga qarshi dayanga chiqdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Yana bir e’tiborli jihati, Guljanoy Naimova musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisi nomiga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, terma jamoamiz treneri Bobur Qo‘ziyev musobaqaning eng yaxshi treneri deb topildi.

Shu tariqa ayollar o‘rtasidagi bahslarda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erondagi prezident kubogida ikki hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi