20:45 / 16.03.2022
1 052

«Paxtakor» musobaqa debyutantini yenga olmadi, «Metallurg» ham «Surxon» bilan durang qayd etdi

«Paxtakor» musobaqa debyutantini yenga olmadi, «Metallurg» ham «Surxon» bilan durang qayd etdi
Foto: «Paxtakor»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv 16 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Paxtakor» «Olimpik» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Ruslanbek Jiyanov hisobni ochdi. Bu Timur Kopadze shogirdlarining Superligadagi debyut goliga aylandi. 22-daqiqada «sherlar» futbolchisi Farrux Sayfiyev muvozanatni tikladi.

Durang natijadan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, «Olimpik» 2 ochko bilan 11-o‘rindan joy oldi.

«Metallurg» va «Surxon» bahsida esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

«Metallurg» 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, «Surxon» ushbu durangdan so‘ng 2 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

«Olimpik» — «Paxtakor» 1:1
Gollar:
1:0 — 6 Ruslanbek Jiyanov, 1:1 — 22 Farrux Sayfiyev
«Olimpik»: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Ruslanbek Jiyanov (99. Muhammadali G‘iyosov, 80), 9. Temur Mamasidiqov (8. Bektmir Abdumannonov, 68), 10. Farrux Muxtorov (77. Davron Anvarov, 46), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (22. Po‘latxo‘ja Holdorxonov, 77), 19. Dostonbek Tursunov (4. Eldor Begimov, 68), 21. Muhammadaziz Ibragimov, 44. Shahzod Toirov, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev.
«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Aleksey Larin, 21. Kamen Hajiyev, 34. Farruh Sayfiyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 14. Oliver Sharkich (27. Sardor Sobirxo‘jayev, 46), 6. Ikrom Aliboyev, 8. Aziz Turg‘unboyev (77. Mirjahon Mirahmadov, 85), 11. Sardor Rashidov (18. Hojimat Erkinov, 64), 10. Dragan Cheran.
Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov (19), Dostonbek Tursunov (31), Farrux Muxtorov (44), Davron Anvarov (72).
Chetlatishlar: Ikrom Aliboyev (15), Saidazamat Mirsaidov (60), Shahzod Toirov (90+1).

«Metallurg» — «Surxon» 0:0
«Metallurg»:
12. Aleksandr Lobanov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov (22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 87), 80. Farrux Ibrohimov, 5. Abbos Otaxonov, 97. Muhammadali Aliqulov, 94. Farhod Bekmuratov, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 18. Fozil Musayev, 30. Ibrohim Ibragimov (16. Jasur Xolto‘rayev, 64), 11. Damir Temirov, 9. Zabihillo O‘rinboyev.
«Surxon»: 35. Shohruh Eshbo‘tayev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 3. Bobirjon Akbarov, 4. Javohir Sohibov, 8. Baxtiyorjon Qosimov, 10. Murodbek Bobojonov, 11. Luis Migel Kezada (23. Abdulaziz Yusupov, 80), 13. Miroslav Markovich, 20. Iqbol Malikjonov, 33. Tohirjon Shamshiddinov, 66.Behro‘z Shaydulov.
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (13), Abrorbek Toshqo‘ziyev (29), Luis Migel Kezada (52), Iqbol Malikjonov (68), Aleksandr Lobanov (68), Bobirjon Akbarov (81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» musobaqa debyutantini yenga olmadi, «Metallurg» ham «Surxon» bilan durang qayd etdi