Ronaldo "El Klasiko" haqida: "Yakuniy natija meni juda hayratda qoldirdi"

Ronaldo "El Klasiko" haqida: "Yakuniy natija meni juda hayratda qoldirdi"
"Real" va "Barselona" sobiq hujumchisi Ronaldo yakshanba kungi "El Klasiko" haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" "Santyago Bernabeu"da 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Yakuniy natija meni juda hayratda qoldirdi. Ispaniya futbolini kuzatib boraman, "Barsa" boshdan kechirgan inqiroz haqida xabarim bor, biroq Xavi kelishi bilan jamoa ancha kuchaydi.

Ular juda tajovuzkor o‘ynash bilan birga, tartibli pressingni amalga oshirishmoqda va o‘zlarining an’anaviy darajasini ko‘rsatishmoqda. Bu "Barsa" juda yaxshi ko‘rinyapti
", – dedi braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar