
"Barselona" sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov o‘tgan yakshanba kuni "ko‘k-anorranglilar"ning "Real" ustidan qozongan yirik g‘alabasi (4:0) haqida gapirdi.
"Xavi o‘yinchilar ko‘ngliga yo‘l topa olibdi. Ular "Santyago Bernabeu"da o‘z maydonida o‘ynayotgandek harakatlanishdi. Pedri to‘pni "Real"ning to‘rt nafar yarim himoyachisidan ko‘ra ko‘proq olib qo‘ydi. Hujum uchligi juda yaxshi harakat qildi.
Bu o‘yin uzoq vaqt esda qoladi. Xavi hamma narsada – jamoaning jismoniy tayyorgarligi, taktikasi, psixologiyasi bo‘yicha Anchelottidan o‘zib ketdi. Men chigil yozdi mashg‘ulotni ko‘rdim, futbolchilarning kayfiyati butunlay boshqacha edi", – dedi Stoichkov.
Xavi O‘yinchilarBarselona RealStoichkov G‘alabaFutbol JamoasiTaktiya PsixologiyaJismoniy Tayyorgarlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar