19:00 / 25.03.2022
1 321

JCH-2022 yo‘llanmasi boy berilgach, Italiya terma jamoasi ustozi nimalar dedi?

JCH-2022 yo‘llanmasi boy berilgach, Italiya terma jamoasi ustozi nimalar dedi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini JCH-2022 saralashi pley-off bosqichida Shimoliy Makedoniyaga (0:1) boy berilgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, “Skuadra Adzurra” o‘z maydonida 92-daqiqada gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi. Endi Italiya ketma-ket ikkinchi marta mundialda ishtirok etmaydi.

"Yevro-2020 hayotimdagi eng ajoyib davr bo‘lgan edi, hozir esa eng katta tushkunlik payti. Aytadigan gapim yo‘q. Bu futbol, unda ba’zan hayratlanarli voqealar sodir bo‘lib turadi. Aslida biz vaziyatni umuman bunday darajaga olib kelmasligimiz kerak edi. Lekin bugun g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qildik.

Yevropa chempionatida bizga hamroh bo‘lgan omad bugun o‘z o‘rnini butunlay omadsizlikka bo‘shatib berdi. Bizda ajoyib jamoa bor va men shunga achinaman
”, - dedi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022 yo‘llanmasi boy berilgach, Italiya terma jamoasi ustozi nimalar dedi?