
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purar Kilian Mbappeni o‘z safida olib qolishga urinayotgan bir paytda 23 yoshli hujumchiga yana bir jiddiy xaridor chiqdi.
Mbappe parijliklarning biror taklifini qabul qilgani yo‘q. Unga asosiy da’vogar sifatida “Real” tan olingan. Biroq, madridliklar ham o‘z orzusiga erisha olmasligi mumkin. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Mbappeni olish uchun yetarli mablag‘ topdi.
Ma’lumotlarga qaragada, kataloniyaliklar yangi homiysi Spotify kompaniyasidan har yili 70 million yevro oladigan bo‘ldi. Shuningdek, Goldman Sachs kompaniyasi “Barselona”ga 595 million yevro miqdorida kredit ajratishga rozi bo‘lgan.
Bu summa Laportaga har qanday o‘yinchini sotib olish imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar