
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike nima sababdan shartnomani uzaytirmayotganini aytdi.
- "JCH—2022 dan keyin jamoada ishlashim yoki ketishim haqida bir qarorga kelganim yo‘q. Federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlashni his qilyapman, ular meni aslini olganda ikki marta ishga chaqirdi va bu ishga chin ko‘ngildan yaqinligimni bilaman, shuningdek, o‘zimga bo‘lgan ishonchim yuqori darajada.
Biroq Jahon Chempionatida o‘z maqsadimizga erisha olmasak, shartnoma tuzishdan qanday ma’no qoladi? Hech qanday. Shunday ekan musobaqadan keyin ko‘ramiz.
Bu ish tufayli sevinchdan o‘zimni yettinchi osmonda his qilaman, nima sababdan kelishuvni uzaytirmaganim esa sizlar (jurnalistlar) sabab. Agar mundialda muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, meni iste’foga chiqarishlarini so‘rashingizga to‘g‘ri kelmaydi, o‘zim ketaman", - dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike.
Enrike 2018 yilning yozida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi. 2019 yilning iyun oyida Enrike oilaviy sabab tufayli terma jamoadan ketgan. Qizi xastalik sabab vafot etadi va Enrike 2019 yilning noyabrida yana terma jamoaga qaytadi.
Mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida «Barselona», «Selta» va «Roma» kabi klublarda ham ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar