Xavi hech kim payqamagan talantni topdi

Xavi hech kim payqamagan talantni topdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes uning nazariga tushgan Benat Turriyentesni yozda o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.

20 yoshli markaziy yarim himoyachi “Real Sosyedad” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumdan e’tiboran, Ispaniya chempionatida debyutini o‘tkazmoqda. Birinchi jamoa safida La Liga, Yevropa Ligasi va Ispaniya kubogida jami 13 ta uchrashuv o‘tkazdi. Iste’dodli futbolchi mamlakat kubogi doirasida bitta gol urishga ham erishdi.
Xavi hech kim payqamagan talantni topdi
Transferlar ixtisoslashgan transfermarkt portalida Benatning narxi 3 million yevroga tenglashtirilgan. Lekin “Real Sosyedad” kelajagi porloq o‘yinchi uchun 50 million yevro undirmoqchi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar