21:37 / 28.03.2022
2 061

"Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreyani nima uchun yutishimiz kerak?" — Sanjar Tursunovdan achchiq haqiqatlar

"Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreyani nima uchun yutishimiz kerak?" — Sanjar Tursunovdan achchiq haqiqatlar
AGMK jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov yaqinda "Ofsayd" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Efir davomida Sanjar Tursunov o‘zbek futbolidagi bir nechta og‘riqli nuqtalar haqida gapirdi. Quyida uning ayrim fikrlarini matnli tarzda e’tiboringizga havola qilamiz.

- O‘z vaqtida Valeriy Gazzayev boshqargan "Alaniya" jamoasida to‘p tepganman. Kuniga 3 mahal mashg‘ulot o‘tkazilardi. Menimcha u yerdagi yig‘inni O‘zbekistondagi hech bir jamoa qilmagan. Ko‘p futbolchilar jismoniy holatini yaxshilash uchun aynan Gazzayevga kelardi. Deylik boshqa klublar 10ta aylana yugursa, "Alaniya"da 100ta aylana yugurardik.

- O‘zbekistonda ham shunday mashg‘ulot qilsa bo‘ladi. Lekin tiklanish yo‘q. Fizioterapiya, muz topa olmaylsiz. Vitaminizatsiya, mashg‘ulotdan keyin beriladigan ichimliklar va hokazo. Umuman olganda nol. Rossiya yoki Yevropa klublarida futbolchi keyingi o‘yinga tayyor holda yetib keladi. Biz esa o‘sha yuklama bilan mashg‘ulotga kelamiz. Oxiri bu narsa jarohatga olib keladi. Sharoit yaratib berilgandan so‘ng talab qilish lozim.

- Yana bir savol. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatarni nima uchun yutishimiz kerak? Tashkilotchilik kuchlimi? Vitaminizatsiyamiz kuchlimi? Maydonlarimiz yaxshimi? Nimamiz ulardan ustun? Futbolda 1-2ta o‘yinga nastroy qilasiz. Osiyo chempionatida har 3 kunda o‘yinlar bo‘ladi. Bunday turnirda tez tiklanish, navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak.

- O‘zbekiston terma jamoasida murabbiyning uslubiga mos kelmagandirman. Balki o‘zim kuchsizdirman. Keyinchalik Samvel Babayan, Ektor Kuper boshqardi terma jamoani. Samvel Babayan bilan o‘zaro hech qanday ziddiyat bo‘lmagan. To‘g‘risini aytish kerak Samvel Babayanda 11 nafar va 3ta zaxira futbolchisi bo‘lardi. Qolgan futbolchilar ro‘yxatni to‘ldirish uchun edi. Muxlislar ham buni biladi. Hozir chaqirsa hozir boraman. Hassada bo‘lsam, hassada ham yetib kelaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreyani nima uchun yutishimiz kerak?" — Sanjar Tursunovdan achchiq haqiqatlar