
7-27 aprel kunlari Saudiya Arabistoni Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintaqasi guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” klubi “D” guruhida ishtirok etadi va “Al Duhail” (Qatar), “Sepaxon” (Eron) hamda “Al Taavun” (Saudiya Arabistoni) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
OCHL Pley-offidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa “E” guruhida qatnashadi va “Al Sadd” (Qatar), “Al Faysali” (Saudiya Arabistoni) hamda “Al Vehdat” (Iordaniya) jamoalari qarshiligini yenggishga urinadi.
“D” guruhi o‘yinlari Burayda shahrida, “E” guruhi esa Dammam shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini OCHLda himoya qiladigan ikki klub ham Saudiyaga 4 aprel kuni charter reys orqali birgalikda yo‘l oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar