
Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mezbonlar yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Navoiyliklar safida Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl qayd etdi. Shuningdek, Aleksandr Stanisavlevich bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Qizilqum" hisobidagi ochkolari sonini 10 taga yetkazib oldi. Ayni damda ular Superliga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. "Neftchi" hisobidagi 3 ochko esa o‘zgarmay qoldi.
"Qizilqum" – "Neftchi" 3:0
Gollar: Aleksandar Stanisavlevich 29 penalti, - 1:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov 51, - 2:0 (Aleksandar Stanisavlevich). Temurxo‘ja Abduxoliqov 66 penalti, - 3:0.
"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev, 6.Erkin Baydullayev, 7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Sherali Jo‘rayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 88.Artyom Dmitriyev.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 5.Timur Nabiyev, 8.Shahzod Turopov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 29.Gabriel Gonsalo Ritakko, 32.Ilhom Kenjayev, 43.Shon Pol Komolafe.
"Neftchi": 1.Mashhur Muhammadjonov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 17.Abdulloh Olimov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 31.Marko Sharich, 44.Darko Stanoyevich, 46.Shahzod Ubaydullayev, 70.Abbos G‘ulomov, 80.Aleksandr Yeshich.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 7.Oybek Qilichev, 8.Sherzod Karimov, 9.Sunnatilla Abdullajonov, 10.Husniddin G‘ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 99.Ulug‘bek Hoshimov.
SuperligaQizilqum NeftchiTemurxoja AbduxoliqovAleksandr StanisavlevichYirik HisobO‘yin Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar