date
views 988

Abraxam "Chelsi"ga qaytish haqida: "Buning kelajakda yuz berishi istisno etilmagan"

Abraxam "Chelsi"ga qaytish haqida: "Buning kelajakda yuz berishi istisno etilmagan"
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Chelsi"ga qaytishi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi London klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va "ko‘klar"da 2021 yilning yoziga qadar harakat qilgan.

"Hozirda barchasi joyida. Kim biladi, bu kelajakda ro‘y berishi mumkin. Albatta, men Angliyada o‘sdim, London yigitiman. Bir kun kelib u yerga qaytishim va e’tiborga molik shov-shuv ko‘tarishim istisno etilmagan", - deydi Abraxam.

Eslatib o‘tamiz, Abraxam "Roma"ga 2021 yilning yozida "Chelsi"dan 40 mln yevro evaziga o‘tdi. "Ko‘klar" ikki yil davomida uni 80 mln yevroga qayta xarid qilish huquqiga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abraxam "Chelsi"ga qaytish haqida: "Buning kelajakda yuz berishi istisno etilmagan"