
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Atletiko"ning o‘yin uslubini tanqid qilish kerak deb hisoblamaydi.
"Men ushbu ahmoqona savol uchun bir sekund ham sarflamayman. Har bir jamoa g‘alaba qozonishga urinadi. Ular yutishmoqdami, demak ular haq. Agar biz g‘alaba qozonsak, unda biz. Farqni o‘yinchilar yuzaga keltiradi.
Biz ham shunday o‘ynashimiz va erishilgan natijani himoya qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu futbolning bir qismi. Ularning uslubini muhokama qilmayman, ammo Madriddagi o‘yin oldidan yaxshi natijaga erishish uchun tahlil o‘tkazaman.
Xunuk futbol nima degani? Mening jamoam "Old Trafford"da 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Bernardu Silva burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish uchun besh daqiqa sarfladi. Bu xunuk emas, hisobni ushlash.
Men hech qachon raqiblarning harakatini baholamayman", - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" "Atletiko"ga qarshi bugun Angliyada o‘yin o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar