04:41 / 07.04.2022
690

YECHL. "Killer" Benzema va "Real"ning bu safargi "o‘ljasi" - "Chelsi"

YECHL. "Killer" Benzema va "Real"ning bu safargi "o‘ljasi" - "Chelsi"
Yevropa chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Real" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Qaymoqranglilar" tarkibida Karim Benzema xet-trik muallifiga aylandi. London klubidan Xavers o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari javob o‘yini oldidan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi.

"Chelsi" Angliya – "Real" Ispaniya 1:3
7 aprel, 00.00, "Stemford Brij"
Gollar: 0:1 – 21 Benzema, 0:2 – 24 Benzema, 1:2 – 40 Xaverts, 1:3 – 46 Benzema.

"Chelsi" – Mendi, Djeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Kovachich, 46), Aspilikueta, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Kante (Ziyesh, 46), Pulishich (Lukaku, 64), Maunt, Xaverts.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Nacho, 64), Mendi, Modrich, Kroos (Kamavinga, 74), Kazemiro, Valverde (Sebalos, 86), Benzema (Beyl, 86), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Militao (14), Ryudiger (19).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. "Killer" Benzema va "Real"ning bu safargi "o‘ljasi" - "Chelsi"