15:39 / 07.04.2022
986

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo‘qotishlar va Ramazon sharoitida mashg‘ulotlar haqida gapirdi

Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo‘qotishlar va Ramazon sharoitida mashg‘ulotlar haqida gapirdi
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev championat.asia sayti muhbiri Tolibjon Qosimov bilan suhbatda bir qator savollarga javob berib o‘tdi.

"Nasaf"ning tayyorgarligi va yo‘qotishlar
"Kuniga bir mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Jamoaning kayfiyati yaxshi, yigitlar o‘yinga tayyor, ularning ishtiyoqi, ruxiy tomonlama tayyorgarligi ham joyida. Yigitlar faqat va faqat ijobiy natija uchun bor kuch-mahoratni beradi. Jamoa safidagi yo‘qotishlar haqida gapirsam, Nasrullayev va G‘aybullayev safimizda emas. Qolgan futbolchilar esa o‘yinga tayyor.

Mashg‘ulotlar faqat 1 mahal o‘tkazilishi sababi Ramazonmi?
"Jamoada ko‘pchilik Ramazon oyida ro‘za tutishmoqda. Bu ham bir sabab. Ikkinchidan, OCHLda o‘yinlar orasi juda yaqin. Uu sababli bir mahal mashg‘ulot qilamiz. Qolaversa, bu yerdagi ob-havoni hisobga olishimiz kerak. Ikki mahallik mashg‘ulotlar yigitlarni toliqtirib qo‘yishi mumkin.

Ikkita yo‘qotishni qanday to‘ldirmoqchi?
Nasrullayevning yo‘qligi bizga katta muammo bo‘lishi mumkin, chunki u jamoamiz yetakchisi. G‘aybullayev avvalroq jarohat olgandi, uning o‘rnida Husniddin va Umar harakat qilmoqda. Bizda albatta rejalar bor, bundan imkon qadar foylalanamiz. Balki o‘rnini almashtirarmiz, balki taktikani o‘zgartiramiz. Albatta o‘zimizning ichki imkoniyatimizdan kelib chiqamiz.

"Nasaf"dan kutilmagan taktik sxema bo‘ladimi?
Sxemani tanlashda ko‘p narsani, jumladan raqib o‘yinchilarning imkoniyatini ham hisobga olishimiz kerak. Biz barcha jihatlardan kelib chiqib, o‘yinga tayyorlanamiz.

Ko‘p gol uradigan raqibga qarshi tayyorgarlik
"Al Sadd" albatta kuchli raqib hisoblanadi. Kuchli futbolchilarga ega jamoa. Qanday hujumkor va tezkor o‘ynashini yaxshi bilamiz. Buni yigitlarga ham tushuntirdik. O‘z imkoniyatimizdan foydalanishimiz kerak. Ularga qarshi tartibli, aql bilan. barchasini hisobga olgan holda o‘ynashimiz kerak. Ular hujumkor o‘ynashadi. Biz esa ularning kuchsiz tomonlaridan foydalanishimiz lozim bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Nasaf"ning tayyorgarligi, yo‘qotishlar va Ramazon sharoitida mashg‘ulotlar haqida gapirdi