
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 9 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Real» «Santyago Bernabeu»da «Xetafe»ni qabul qildi. Asosan mezbonlar ustunlik qilgan bahsda hisob 38-daqiqada Kazemiro tomonidan ochildi. 68-daqiqaga kelib esa Lukas Vaskes oradagi farqni oshirdi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa «Real» o‘z maydonida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirib, chempionlik yo‘lidagi muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoa 72 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. 2-o‘rindagi «Sevilya» «qirollik klubi»dan naq 12 ochkoga ortda qolmoqda. «Xetafe» esa 32 ochko bilan 14-pog‘onada joylashgan.
«Real» – «Xetafe» 2:0
Gollar: 1:0 – 38 Kazemiro, 2:0 – 68 Vaskes.
«Real»: Kurtua, Alaba (Nacho, 86), Militao, Marselo, Kazemiro (Sebalos, 75), Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema (Beyl, 74), Vinisius Junior (Asensio, 83), Rodrigo.
«Xetafe»: Soriya, Suares, Mitrovich, Jene, Kuenka (Kabako, 82), Olivera, Maksimovich (Yokushlu, 86), Alenya (Oskar Rodriges, 46), Vilyar (Florentinu, 74), Unal, Mayoral (Sandro Ramires, 46).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Valverde (45), Olivera (76), Jene (79).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar