1 567
Marko Stanoyevich kamera qarshisida nima degani va "Al-Vehdat" qanday mag‘lub etilgani haqida intervyu berdi
“Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 2-turida Iordaniyaning “Al-Vehdat” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiyin kechgan bahsda vakillarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yin qahramoni esa so‘ssiz Marko Stanoyevich bo‘ldi. Uning ikkita goli “Nasaf” uchun OCHLdagi ilk g‘alabani taqdim etdi. Legioner sifatida ushbu ijrochi jamoasi uchun qanchalik muhim hamda foydali futbolchi ekanini yana bir karra isbotlab qo‘ydi. O‘yindan keyin Stanoyevich Sports.uz muxbiriga intervyu berdi.
- Marko, ajoyib o‘yin va dublga erishganingiz bilan tabriklayman. Ayting-chi, uchrashuvdan oldin ikkita gol uraman deb niyat qilganmidingiz?
- Yo‘q albatta, buni kutmagandim. Ammo gollarim bilan jamoamning g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman. Bu “Nasaf”ning, butun jamoaning g‘alabasidir.
- Bir so‘z bilan aytganda, yakuniga yetgan o‘yin xususida qanday xulosaga keldingiz? Masalan, raqib qanday taassurot qoldirdi?
- Aytishim kerakki, raqib ham anoyi emasdi. Shu sababdan o‘yin chog‘ida darvozamizga gol kiritishlari uchun juda qulay vaziyat bo‘ldi. Biroq bunga imkon bermay, shunday raqibni yutishga erishdik.
- “Nasaf” 1-turdayoq “Al-Sadd” ustidan g‘alaba qozonishi mumkin edi. Chunki raqib maydonda ikki futbolchi kam bo‘lib qolgandi. G‘alaba uchun nima yetishmadi?
- “Al-Sadd”ga qarshi bellashuv biz uchun bu mavsumda Osiyo Chempionlar ligasidagi birinchisi edi. Shu boisdan ham hayajon bosdi, chog‘i. Shunday bo‘lsa ham o‘yinni yaxshi o‘tkazdik. Ammo son jihatdan ustunlikka erishgan bo‘lsak-da, yana gol kiritishning iloji bo‘lmadi. Tabiiyki, son jihatdan ustun bo‘la turib, g‘alaba qozona olmaslik alam qiladi. Biroq bugun muxlislarimizni chiroyli yutuq bilan quvontirdik va OCHLdagi yo‘limizda davom etyapmiz.
- “Al-Vehdat” darvozasiga gol urgach, kameraga qarab gapirdingiz. Ayting-chi, o‘sha vaziyatda nima dedingiz?
- O‘g‘lim bilan qizimni yaxshi ko‘rishim haqida gapirdim, ular o‘yinni televizor orqali tomosha qilishayotgandi.
- Shuningdek, penaltini panenko uslubida chiroyli yo‘lladingiz. Mana shunday gol urish xayolingizda edimi yoki kutilmaganda o‘ylab qoldingizmi?
- Har doim penaltini turlicha tepaman. Bugun ham shu xislatimga amal qildim.
- Bu yil Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich musobaqalari markazlashgan holda o‘tkazilyapti. Bellashuvlarning bir joyda tashkil qilinishi sizga yoqadimi?
- O‘tgan yili OFK Kubogida o‘ynadik. Bu yil esa Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etyapmiz. Shunday ekan, bunday maqomdagi uchrashuvlarga ko‘nikib bo‘ldik.
- Shuningdek, “Al-Vehdat”ga qarshi uchrashuvda ikkita gol urgan holda o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga ham aylandingiz. Shaxsiy yutuqlarni yoqtirsangiz kerak-a?
- Shaxsiy natijalar yoqimli, albatta. Lekin meni birinchi navbatda to‘p surayotgan jamoamning ishlari va natijalari ko‘proq qiziqtiradi.
- Umuman olganda, gollaringizni kimga bag‘ishladingiz?
- Gollar kiritish o‘yinchiga ikki hissa quvonch bag‘ishlaydi. Asosiysi, gollarim klubning g‘alabasiga yordam berdi. Urgan gollarimni jarohat olgan jamoadoshlarim Sherzod Nasrullayev bilan G‘olib G‘aybullayevga bag‘ishlayman va ularning tezroq sog‘ayib, safga qo‘shilishlarini istab qolaman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi