Bugun O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yig‘ilishda federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unda hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Tajribali mutaxassis, tadbirkor G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Shuningdek, Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘ldi. Ular vazifalariga jamoatchilik asosida saylanishdi.
Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi sifatida Isroil Yunusov, birinchi vitse-prezident sifatida esa Abdulloh Sagdiyev faoliyat yuritib kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"