18 aprel kuni A Seriya 33-turida "Roma"ni jiddiy sinov kutmoqda. Rimliklarni "Napoli" qarshi oladi. Uchrashuv Neapolda bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv oldidan Italiya nashrlari doimgidek taxminlar bildirdi. Jumladan, "La gazzetta dello sport" nashrida rimliklar taktikasi va tarkibi muhokami qilindi.
Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis 3-4-2-1 taktikasiga suyanishni boshlagandi. Bunda jamoa 3 himoyachi bilan harakat qilib, raqib hujumga o‘tganda himoyachilar soni 5 taga yetar, rimliklar oldinga borayotgandi ham ustunlik berishi mumkin edi. Italyancha taktika Jozega ma’qul kelayotgandi. Murabbiy ayrim uchrashuvlarda 3 himoyachi bilan o‘ynagan. Ammo oldingi chiziqda Temmi Abraxamga Nikolo Dzanolo yordam berardi. Oxirgi paytlarda unday emasdi.
"Bo‘rilar"ning oldingi chizig‘ida Abraxamga Mxitaryan ko‘maklashdi. Biroq bundan jamoa ko‘p ham foyda ko‘rmadi. Mourino o‘yinlarni yutdi. Lekin jamoa ancha qiynaldi. Boz ustiga u bu gal bunday qila olmaydi. Raqib ancha jiddiy. A Seriyada "Milan" va "Inter"dan so‘ng 3-o‘rinda borayotgan "Napoli". Neapolda Joze shogirdlari o‘rgangan taktikani qo‘llaydi.
Nikolo Dzanolo joyiga qaytadi. Mourino avvalgi o‘yinlarda uni orqaroqda o‘ynatgandi, jamoa qiynaldi. Shuning uchun bu gal Joze hujum chizig‘ida Abraxamga yarim himoyachini tandem qiladi. Bunda taktika 3-4-1-2ga o‘zgaradi. Genrix Mxitaryan va hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldiriladi. O‘yinning borishiga qarab ular almashtirilishi mumkin... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi