Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi davra yakunlandi. Klublarimiz uchun 18 apreldan 4-tur bahslari start oladi. Dastlab "Paxtakor" shu kuni o‘yin o‘tkazsa, 20 aprelda "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuv shohidiga aylanamiz.
Superliga chempioni hisoblangan "sherlar" 3 ochko (1 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) bilan guruhda oxirgi o‘rinni egallagan. Kubok sohibi "ajdarlar" esa 4 ochko (1 g‘alaba, bir durang, bir mag‘lubiyat) jamg‘argan holda 3-pog‘onani band etgan.
Ushbu natijalar kvotalarga ta’sir qiladi. Shu bois muxlislar xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan klublardan yaxshiroq natijalar kutmoqda. Jumladan taniqli sharhlovchi Murod Rizayev ham.
- Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak. Jadvalda Eron, Qatar bizdan o‘tib ketishi mumkin.
To‘g‘ri, hali iyunda "So‘g‘diyona" ham qo‘shiladi. Lekin baribir ikkinchi davrada futbolchilarimiz jon jaxdlari bilan o‘ynab nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Arab klublaridagi legionerlar kuchliroq, tajribaliroq ekanligini his qilib mas’uliyatni oshirish kerak. "Paxtakor", " Nasaf" yigitlari... Vatan uchun olg‘aaaa, - deya qo‘llab-quvvatlamoqda Murod Rizayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi