«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida «Al-Faysali»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
G‘alaba uchun maydonga chiqdik, g‘alaba uchun kurashdik. O‘yinda ustunlikka erishdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq hujumdagi kamchiliklarimiz bizga pand berdi.
Jamoa so‘nggi ikki o‘yinda gol ura olmayotgani haqida
- Faqat bu musobaqada emas, bizning umumiy muammomiz. Norchayev o‘tgan yili ko‘plab gollar urgandi biroq ushbu mavsumda o‘yini chiqmayapti. Nafaqat hujum, balki yarim himoyachilar ham biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayabdi. Keyingi o‘yinlarda bu xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
Qarshiliklar E guruhida 5 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Nasaf» 5-turni 23 aprel kuni «As-Sadd»ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi