
O‘zbek klublarining Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtiroki davom etmoqda.
Jumladan, guruh bosqichining 5-turida “Paxtakor” Eronning “Sepaxon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs 22 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida “Sepaxon” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
“Nasaf”ni esa 5-turda Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" musobaqaning "D" guruhida 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda. "E" guruhidan joy olgan "Nasaf" hisobida esa 5 ochko bor va "ajdarlar" 2-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar