23:12 / 23.04.2022
1 353

A Seriya. «Roma» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yengildi, Shomurodovdan golli uzatma

A Seriya. «Roma» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yengildi, Shomurodovdan golli uzatma
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Inter» 23 aprel, shanba kuni «Roma» bilan bahs yuritdi.

Milanda kechgan bahsda hisob 30-daqiqaga kelib, Denzel Dumfris tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Marselo Brozovich oradagi farqni ikkitaga oshirdi, xorvatiyalik yarim himoyachi Rim klubi mudofaasini bir o‘zi yorib o‘tdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda tomonlar umumiy hisobda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 52-daqiqada Lautaro Martines qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan joylab qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa Genrix Mxitaryan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish kerak, unga 78-daqiqada Temmi Abrahamning o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov assistentlik qildi.

Shu tariqa «Inter» o‘z maydonida kechgan o‘yinda «Roma» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, jamoa 72 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hisobida 58 ochko bo‘lgan «Roma» esa 5-pog‘onani band etgan.

«Inter» — «Roma» 3:1
Gollar
: 1:0 – 30 Dumfris, 2:0 – 40 Brozovich, 3:0 – 52 Martines, 3:1 – 85 Mxitaryan.
«Inter»: Handanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (Bastoni, 64), Perishich (Gozens, 72), Brozovich (Galyardini, 72), Chalxano‘g‘lu, Barella, Jeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 82).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (Vinya, 78), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (Bove, 80), Pellegrini (Veretu, 64), ash-Shaaravi (Karles Peres, 64), Abraham (Shomurodov, 78).Ogohlantirishlar: Manchini (36), Brozovich (45), Serjiu Oliveyra (79), Chalxano‘g‘lu (87).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Roma» turning markaziy o‘yinida «Inter»ga yengildi, Shomurodovdan golli uzatma