00:50 / 24.04.2022
1 286

Xavi Grasiya: "Birinchi goldan so‘ng vaziyatni o‘nglashni imkoni bo‘lmadi"

Xavi Grasiya: "Birinchi goldan so‘ng vaziyatni o‘nglashni imkoni bo‘lmadi"
OCHL 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al Sadd" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Xavi Grasiya qatnashdi.

- O‘yin haqida
- Bu o‘yindan so‘ng bizning musobaqani erta tark etishimiz aniq bo‘ldi. O‘yinga kelsak, birinchi bo‘limda yomon o‘ynamagandik. Bir necha vaziyatlar yaratdik. O‘zaro teng o‘yin bo‘ldi. Ammo ikkinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Dastlab gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng vaziyatni o‘nglashni imkoni bo‘lmadi. Bu o‘yinni boy berdik va musobaqani ham tark etdik. "Nasaf"ni tabriklayman.

- Qatar chempionatida katta ustunlikka egasizlar. OCHLdagi ishtirokingizga ushbu faktorning ahamiyati bormi?
- OCHL va mahalliy chempionatimiz saviyasini solishtirishni istamayman. Ikki musobaqa orasida juda katta farq bor. Mahalliy chempionatda g‘alaba va duranglar qayd etib, mag‘lub bo‘lmay bu musobaqaga kelgandik. Ammo OCHLda ishlarimiz yurishmadi. Bu musobaqadagi ishtirokimizni tahlil qilib chiqishimiz lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi Grasiya: "Birinchi goldan so‘ng vaziyatni o‘nglashni imkoni bo‘lmadi"