20:29 / 24.04.2022
1 833

Ro‘ziqul Berdiyevda hamma ham bilavermaydigan yana bir karta bor!

Ro‘ziqul Berdiyevda hamma ham bilavermaydigan yana bir karta bor!
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev "Nasaf"ning g‘alabalari ortida nima turgani haqida "Telegram" kanalida yozib qoldirdi.

"Nasaf" muxlislarning yoqimtoy jamoasiga aylanganiga ancha bo‘ldi. Yulduz bo‘lmagan futbolchilar bilan "Nasaf" respublikaning istalgan jamoasidan yorqinroq o‘ynay oladi, hammaga bosh og‘riq. O‘z tarbiyalanuvchilariga suyanib OFK kubogining finaliga qadar ham shu jamoa yetib bordi. Bir yil o‘tib yana o‘sha futbolchilar bilan Qatar chempionlari-yu, Saudiya yetakchilarini qiynayapti.

Ro‘ziqul Berdiyevda hamma ham bilavermaydigan yana bir karta bor: Ilnur Sibagatulin. 2013 yildan buyon "Nasaf" tizimida ishlab kelayotgan bu mutaxassis 44 yoshda. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun aynan u javobgar.

Ilnurning yutug‘i shundaki, u yengil atletikadan chiqqan. Afsuski, ko‘plab murabbiylarimiz mana shu soha mutaxassislarining futbolga bera oladigan foydasini ilg‘amaydi. Yengil atletika mutaxassislari jismoniy tayyorgarlikni maromida ushlab turishdan tashqari, bizning futbol eng oqsayotgan bir yo‘nalishga ham e’tibor qaratadi. Sportchining tiklanishidan tortib, uning formaga bosqichma-bosqich kirib borishiga qadar bu juda muhim omil. Yevropalik, amerikalik futbolchilarning eng katta siri ham shunda. Berdiyev esa buni yaxshi tushuna olgan va aytish kerakki, tanlovda adashmagan.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, Ilnurning ayoli Albina Sibagatulina O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida qisqa masofaga yuguruvchilar uchun katta murabbiy. Tabiiyki, u sohadagi barcha yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor. Buning samarasi o‘laroq, "Nasaf" ham jismoniy tayyorgarlik jarayonida yangilikka intilaveradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyevda hamma ham bilavermaydigan yana bir karta bor!