
Forbes runetning eng qimmat kompaniyalari reytingini tuzdi. Nashr versiyasiga ko‘ra, «Yandeks» 5,2 milliard dollarlik qiymat bilan Rossiyadagi eng qimmat internet-kompaniya bo‘ldi.
Undan keyingi o‘rinlarni Mail.ru Group (3,3 milliard dollar) va «Yulmart» internet-reteyleri (1,4 milliard dollar) egalladi.
Reytingni «Sitilink» texnika internet-do‘koni (990 million dollar), Avito e’lonlar sayti (830 million dollar), Ozon internet-do‘koni (694 million dollar), Wildberries kiyim-kechak sotish bo‘yicha sayti (665 million dollar), Exist avtomobil zaxira qismlari savdosi bo‘yicha sayt (650 million dollar), «Xolodilnik.ru» onlayn-do‘koni (380 million dollar), «Yutinet» kompaniyalar guruhi (300 million dollar) davom ettirdi.
Manba: wwww.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar