Xitoyda 50 yil ishlaydigan yadro batareyasi ixtiro qilindi

1 daqiqa o'qish321
Xitoyda 50 yil ishlaydigan yadro batareyasi ixtiro qilindi

Foto: Betavolt

Xitoyning Betavolt startapi BV100 yadro akkumulatorini taqdim etdi, u 50 yil davomida quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatilmasdan elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.

Tangadan kichikroq modulda (15x15x5 mm) 63 ta yadro izotopi bor. Batareya 100 mikrovatt elektr energiyasi va 3 V kuchlanishni ishlab chiqarishi mumkin, shuningdek, -60°C dan 120°C gacha bo‘lgan haroratda ishlashga qodir. Ishlab chiqaruvchilar uning mutlaqo xavfsiz ekanini ta’kidlamoqda. Ko‘p qatlamli dizayn yong‘in va tashqi ta’sirlardan portlashni istisno qiladi.

Yadro batareyasi ekologik toza. Parchalanish davridan keyin Nikel-63 atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan misning barqaror izotopiga aylanadi.

Hozir akkumulator sinovdan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng startap turli texnologiyalar, jumladan, smartfon va dronlarda foydalanish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, batareya aerokosmik, sun’iy intellekt uskunalari, tibbiy asboblar va mikroprotsessorlar uchun ham mos keladi.

Batareyada foydalanilgan texnologiya kosmik kemalar va suv osti tizimlarini qurishda qo‘llaniladi.

BV100 batareyasi narxi e’lon qilinmadi, ammo termoyadro batareyalarini ishlab chiqarish shu paytgacha juda qimmat hisoblangan. Amerika va Yevropa tadqiqot institutlari ham bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.

2025 yilga borib Betavolt 1 Vt quvvatga ega akkumulator chiqarishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?