16:30 / 27.03.2024
65

Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video)

Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video)
Foto: Europaplus
Kaliforniyaning startap kompaniyasi Migo Robotics tomonidan innovatsion robot-changyutgich ixtiro qilindi: Ascender o‘zining kvadrat shakli bilan nafaqat xona burchaklarni yaxshi tozalaydi, balki zinapoyalar bo‘ylab tepaga chiqish va pastga tushish funksiyasiga ham ega.

Mazkur gadjet zinapoyaga ko‘tarila oladigan ilk tozalovchi-robot sanaladi. Loyiha ustida Google, Boston Dynamics va Dyson'ning sobiq xodimlaridan iborat jamoa ish olib borgan.

Foto: Europaplus
Ascender changyutgichni ko‘taradigan ikkita “oyoq” bilan jihozlangan. Qurilma ko‘p qavatli keng uy egalari uchun juda qulaydir.

Foto: Europaplus
Robot-changyutgichning 12000 mA/soat batareyasi 500 kvadrat metr hajmdagi xonalarni tozalash uchun yetarli. Agar ish vaqtida uning zaryadi tugab qolsa, gadjet quvvat olish bazasiga mustaqil yetib oladi va qolgan ishlarni to‘xtab qolgan qismidan davom ettiradi.

Foto: Europaplus

Foto: Europaplus
Ascender nam tozalash ishlari bilan birgalikda gilamlarni tozalash, o‘z-o‘zini filtrlash va suvni avtomatik tarzda almashtirish qobiliyatiga ega. Qurilmaga kamera va GPS o‘rnatilgan bo‘lib, inson aralashuvisiz 30 kun mobaynida tozalash ishlarini amalga oshira oladi. Uning axlat uchun mo‘ljallangan qopini 2 oyda bir marta almashtirish kifoya.

Foto: Europaplus
Migo Ascender birinchi marta 2023 yil iyunda taqdim etilgan. Hozirda uning narxi 1500 dollarga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video)