Foto: Europaplus
Bangkokda bo‘lib o‘tgan 45-xalqaro avtosalonda Tailandning Smartech kompaniyasi tomonidan Felo TOOZ elektromototsiklining namunasi namoyish etildi.
Festivalda mazkur gadjet dunyodagi eng katta va tezyurar mototsikl ekanligi ta’kidlandi. U 201 km/soat tezlikka bir necha soniyalarda chiqa oladi.
Foto: Newatlas
Felo TOOZ'ga o‘rnatilgan 35 kVt/soat quvvatli akkumulator 720 kilometrgacha masofa uchun quvvat zaxirasini ta’minlaydi. Uning batareyasi tez zaryadlash funksiyasiga ega: atigi 20 daqiqada elektromototsikl zaryadini 20 dan 80 foizgacha to‘ldirishi mumkin.
Foto: Newatlas
Felo TOOZ yordamida barcha turdagi qurilmalar va elektr jihozlarining akkumulatorlarini zaryadlash mumkin. Uning quvvati hatto butun boshli xonadonni energiya bilan ta’minlashga yetadi.
Foto: Newatlas
Shuningdek, elektromototsiklning boy texnik tarkibi shinalar bosimi va tormozlashni mustaqil nazorat qilish imkonini beradi. Mototsiklda 360 daraja kenglikda suratga oluvchi maxsus kameralar tizimi ham o‘rnatilgan.
Loyiha tashkilotchilari mazkur mototsiklni ishlab chiqarish masalasi va uning narxlari bo‘yicha ma’lumotlarni keyinroq oshkor qilishga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi