17:30 / 24.10.2024
30

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun qanday tavsiya berdi?

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun qanday tavsiya berdi?
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi» doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarning O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasiga qo‘yilgan cheklov qachon olib tashlanishiga oid savoliga javob berdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Qayd etilishicha, Shermatov o‘zbek yutuberlariga ingliz tilida kontent qilishni tavsiya etgan.

Mening tavsiyam — YouTube'da ko‘proq chetga ishlashga harakat qilish kerak. Chunki monetizatsiyaning ingliz tilidagi kontenti juda katta. Masalan, Marg‘ilonga borganimda Inha universitetini bitirgan talabamizni ko‘rib qolgandim. U o‘zining YouTube kanalida 3D printerlar renderini «obzor» qilib beradi. Bir kanaliga kirib ko‘ring, «rils»lari 30 million martalab ko‘rilgan. Chunki ingliz tilidagi auditoriya juda katta. Shuning orqasidan oyiga o‘rtacha 5 ming dollar daromad topyapti. Siz o‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topa olasiz-u, inglizcha kontent tayyorlab qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — degan u.

Vazir O‘zbekistonda monetizatsiyadagi cheklov qachon olib tashlanishi YouTube kompaniyasi bilan bog‘liqligini, kompaniya o‘z rejasiga ko‘ra harakat qilishini bildirgan.

Hukumat vakili ingliz tili singari talabgor tillarda ko‘proq kontent qilish kerakligini ta’kidladi. «Mening taklifim shu. Bizda qachon monetizatsiya ochilishini kompaniyadagilarning o‘zi reja qilib, harakat qiladi», — dedi Shermatov.

2023 yil martida Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuvda mamlakatda YouTube monetizatsiyasini tiklash borasida fikr almashganini qayd etgandi. «Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik», — degandi Allamjonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun qanday tavsiya berdi?