
Huawei sun’iy intellekt sohasida katta o‘zgarishlar qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kompaniya yangi Ascend 910C chipini ishlab chiqarishni kengaytirib, Nvidia H100’ga raqobatchi bo‘lishga intilmoqda, deb xabar bermoqda The Financial Times.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilagan va yaroqli chiplar ulushini 40% ga yetkazgan. Bu ko‘rsatkich bir yil avval atigi 20% edi. Natijada kompaniya ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga va yaqin orada bozorga kirishga tayyorlanmoqda.
Huawei 2025-yil oxirigacha 910C chipidan 100 000 dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyaning NVIDIA’ning CUDA texnologiyasiga qarshi kurash olib borish strategiyasining bir qismidir. Shu bilan birga, Huawei o‘zining CANN dasturiy ta’minotini ishlab chiqmoqda, bu esa Nvidia mahsulotlariga bevosita raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Hozirda Huawei’ning Ascend AI chiplari DeepSeek, Alibaba va Baidu kabi kompaniyalar tomonidan asosan tahliliy jarayonlar uchun ishlatilmoqda. Ammo Ascend 910C chiqishi bilan Huawei mahsulotlarining qo‘llanish doirasini kengaytirib, Nvidia’ning Xitoy bozoridagi ulushidan o‘ziga qismini olib qo‘yishga harakat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar