
Facebook kompaniyasi TheFind shoping-qidiruv tizimini sotib olganini e’lon qildi, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.
Bitim shartlari ma’lum qilinmayapti. Bitim bir necha hafta ichida batamom rasmiylashtirilishi kerakligi aytilgan.
TheFind yopiladi, uning xodimlarining bir qismi Facebook ga ishlagani o‘tadi. Yaqin atrofdagi do‘konlardan kerakli mahsulotlarni qidirib topishga imkon beruvchi bu qidiruv tizimi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga uning reklama xizmatini takomillashtirish uchun joriy etiladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar