11:34 / 24.03.2025
9 181

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi
AndroidInsider portali tahririyati "sifati narxiga yarasha" mezoni bo‘yicha 2025 yilning eng ishonchli smartfonlari ro‘yxati (top-5)ni tuzdi.

1-o‘rin: Samsung Galaxy S24 FE

Samsung Galaxy S24 FE
Ro‘yxat yetakchisi Samsung Galaxy S24 FE bo‘ldi. U flagmanlarga nisbatan arzon, ammo sifati ulardan qolishmaydi. Smartfon:

- Kuchli akkumulator;
- Suvdan himoya;
- Yorqin AMOLED-displey;
- One UI yetti yilgacha yangilanishi kafolatiga ega.

Yagona kamchilik sifatida Exynos protsessori ko‘rsatildi, lekin benchmark testlarida u yaxshi natijalar qayd etgan.

2-o‘rin: OnePlus Nord 4

OnePlus Nord 4
OnePlus Nord 4 smartfoni kuchli Snapdragon 7 Plus Gen 3 protsessorida ishlaydi va quyidagi afzalliklarga ega:

- 100 Vt tezkor quvvatlash;
- Metall korpus;
- OxygenOS 4 qobig‘i.

Kamchiligi – kamerasi o‘rtamiyona ekanligi.

3-o‘rin: iQOO Neo 10 5G

iQOO Neo 10 5G
iQOO Neo 10 5G kuchli uchlikni yopib berdi. Bu smartfon asosan o‘yinlar uchun moslashtirilgan:

- 6100 mAs akkumulator;
- 120 Vt tezkor quvvatlash;
- Snapdragon 8 Plus Gen 3 protsessori;
- 144 Gs yangilanish sur’atiga ega ekran;
- OriginOS 5 qobig‘i.

4-o‘rin: iPhone 15 Plus

iPhone 15 Plus
Apple kompaniyasining iPhone 15 Plus modeli ham ishonchlilik bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi. iOS ekotizimi uzoq muddatli yangilanishlar bilan ajralib turadi.

5-o‘rin: Oppo A60

Oppo A60 modeli esa bu reytingning beshinchi pog‘onasini band etdi. Smartfon iqtisodiy toifaga mansub bo‘lsa ham, ishonchli akkumulator va sifatli displey bilan jihozlangan.

Ushbu reyting 2025 yildagi eng ishonchli va narxiga yarasha munosib smartfonlarni aniqlab berdi. Samsung, OnePlus, iQOO, Apple va Oppo modellari sifat, avtonomlik va ishlash samaradorligi bo‘yicha o‘zini yaxshi namoyon etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno