
O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari soni tobora ortmoqda. 2024 yilning 1 may holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha quvvatlash stansiyalarining umumiy soni 1399 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 baravarga ko‘pdir, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarining asosiy qismi, ya’ni 820 tasi (59 foizi) poytaxt Toshkent shahrida joylashgan. Toshkent viloyati esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lib, hududda 154 ta shunday stansiya mavjud.
Quvvatlash shoxobchalari soni bo‘yicha viloyatlar orasida Namangan (70 ta), Samarqand (67 ta) va Jizzax (50 ta) viloyatlari yetakchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Farg‘onada 43 ta, Buxoroda 39 ta, Qashqadaryoda 32 ta, Surxondaryoda 27 ta, Andijonda 26 ta, Navoiyda 23 ta, Xorazmda 21 ta, Qoraqalpog‘istonda 14 ta va Sirdaryoda 13 ta quvvatlash nuqtalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirda respublika bo‘ylab elektromobil egalari soni ham ortib, ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 92 ming kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining o‘tgan yil noyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, 2025 yilgacha mamlakatda jami 21 548 ta elektromobillarni quvvatlash stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu esa kelgusida mamlakatda elektromobillar infratuzilmasini yanada yaxshilash imkonini beradi.
ElektromobillarQuvvatlash StansiyalariToshkent ShahriIqtisodiyot VazirligiViloyatlar OrasidaMamlakat Bo‘yichaFoydalanuvchilar Soni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar