
Google kompaniyasi foydalanuvchilarga Google Assistant xizmatidan voz kechilishi haqida rasmiy xat yubordi, deb Rozetked xabar berdi. Endilikda barcha asosiy tizim funksiyalarini Gemini bajara oladi — hattoki oflayn holatda ham.
Google Assistant'dan Gemini'ga o‘tish jarayoni yakunlanmoqda. Foydalanuvchilar 7 iyuldan boshlab Gemini orqali kontaktlarga qo‘ng‘iroq qilish, budilnik o‘rnatish kabi standart funksiyalarni bajarishlari mumkin bo‘ladi. Eng muhimi — bu vazifalarni bajarish uchun “Gemini faolligi”ni yoqish shart bo‘lmaydi.
Avval bu funksiya o‘chirilsa, Gemini tizim ilovalari bilan ishlay olmasdi. Endi esa foydalanuvchi o‘z ma’lumotlarini Google'ga uzatmasdan ham asosiy funksiyalardan foydalanishi mumkin. Bu esa Google Assistant’ni amaliy jihatdan keraksiz qilib qo‘yadi — chunki barcha imkoniyatlar endi Gemini’da mavjud bo‘ladi.
Shunga qaramay, Google Assistant hozircha ishlashda davom etadi. Uni avvalgidek ishlatish mumkin. Ammo kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil oxiriga kelib, Google Assistant butunlay yopiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar