GitHub’ning AI asosidagi kod yozuvchi yordamchisi — Copilot umumiy hisobda 20 milliondan ortiq foydalanuvchiga erishdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Microsoft’ga tegishli GitHub Copilot 2021 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, dasturchilar uchun kod yozish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish maqsadida yaratilgan.
Platforma OpenAI modellariga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchi yozmoqchi bo‘lgan kodni taxmin qilib, avtomatik takliflar beradi.
GitHub ma’lumotlariga ko‘ra, Copilot’dan hozirda 37 ta davlatda 50 dan ortiq tillarda kod yozayotgan foydalanuvchilar foydalanmoqda.
Kompaniya Copilot’ni turli sohalarda — o‘yinlar, veb-ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarda ham qo‘llanilayotganini ta’kidlamoqda.
AI yordamchisi endi Microsoft Office, Outlook va boshqa mahsulotlarga ham integratsiya qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!