OpenAI o‘z modellarini ilk bor Amazon Web Services (AWS) orqali ishga tushirish imkoniyatini rasman e’lon qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Endilikda foydalanuvchilar OpenAI’ning GPT-4o, GPT-4, GPT-3.5 kabi modellaridan Amazon Bedrock orqali foydalanishlari mumkin. Bu modellar endi AWS infratuzilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilingan.
OpenAI va Amazon o‘rtasidagi bu hamkorlik ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar va tashkilotlarga AI’dan yanada oson va keng ko‘lamda foydalanish imkonini beradi.
Amazon Bedrock – turli AI modellarini bir joyda taqdim etuvchi platforma bo‘lib, foydalanuvchilar API’lar orqali o‘z ilovalariga sun’iy intellektni qo‘shishlari mumkin.
AWS orqali OpenAI modellaridan foydalanish hozircha AQShda faol bo‘lib turibdi va tez orada boshqa hududlarga ham yoyilishi kutilmoqda.
Bu qadam OpenAI modellarining keng tarqalishiga va korporativ foydalanuvchilar uchun qulay integratsiyaga zamin yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!