OpenAI hukumat muassasalariga ChatGPT’dan foydalanish imkoniyatini deyarli bepul taqdim etayotgani ma’lum qilindi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Kompaniyaning bayonotiga ko‘ra, bu tashabbus davlat organlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini arzon va keng ko‘lamli tarzda joriy etishni maqsad qilgan.
OpenAI hozirda AQSh hukumati bilan bevosita hamkorlikda ishlamoqda va maxsus moslashtirilgan GPT-4 Turbo versiyasini davlat tizimlari uchun taklif qilmoqda.
Bu versiya xavfsizlik, maxfiylik va samarali resurs ishlatish tamoyillariga mos tarzda ishlab chiqilgan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, xizmat narxi “ramziy” darajada yoki butunlay bepul bo‘ladi.
Shu orqali OpenAI o‘z AI modellari yordamida davlat xizmatlarini raqamlashtirish ва ислоҳ қилишни тезлаштиришни кўзламоқда.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!