
Peopletalk nashrining yozishicha, xalqaro tadqiqotchilar jamoasi inson va robot o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydigan yangi texnologiyani ishlab chiqdi. Yangi tizim robotlarga o‘z xatolarini aniqlash va ularni real vaqtda tuzatish imkonini beradi.
Loyiha sanoat va ishlab chiqarish jarayonlaridagi muloqotni soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, uning asosida Retrieval-Augmented Generation (RAG) texnologiyasi hamda maxsus «noyob sozlangan transformer neyron tarmoqlari» yotadi.
Asosiy innovatsiya — regret-based learning (afsuslanishga asoslangan o‘qitish) mexanizmi. Bu metod orqali robot o‘z xatolaridan saboq olib, keyingi harakatlarini to‘g‘ri yo‘nalishda amalga oshiradi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tizim ishlab chiqarish jarayonida xatolar sonini kamaytiradi, samaradorlikni oshiradi va inson uchun qulay ish muhitini yaratadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.